"Oliveyra Maxachevni dastlabki uch raundda "tugatadi"

  • 21 iyul, 2022, 17:50
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasidagi britaniyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett Charlz Oliveyra va Islam Maxachev jangi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Charlz g‘alaba qozonadi. U Islamni dastlabki uch raundda "tugatadi". Ularning ikkisi ham aql bovar qilmaydigan jangchilar. Maxachev texnik lekin u Oliveyra jang qilgan darajadagi sportchilar bilan urishmagan. Islam kuchli o‘ntalikdagi birortasi bilan jang qilmay kamar uchun kurashadi", - dedi Pimblett.

Ma’lumot uchun, Oliveyra va Maxachev jangi 22 oktyabr kuni Abu-Dabida engil vazn kamari uchun oktagonga ko‘tarildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!