Olti yil avval shovqin ko‘targan ruslar! Tarixiy g‘alaba o‘zgacha uslubda yodga olindi

  • 3 iyul, 2024, 16:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bundan olti yil muqaddam Rossiya mezbonlik qilgan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi -  Jaxon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirgan davr edi. Mezbonlar 1/8 final bosqichida Ispaniyaga qarshi maydonga chiqadi.

Aksar muxlis va mutaxassislar bu erda imkoniyatlar teng emasligini va “Qizil Furiya” keyingi bosqichga qiyinchiliksiz yo‘l olishini taxmin qilishgandi. Biroq ruslar o‘yin davomida avvaldan bildirilgan taxminlarning ko‘pini yo‘qqa chiqardi. Ular avlodlar almashinuvini biroz og‘irroq boshdan kechirayotgan raqiblariga qarshi tengma-teng va ba’zi jabxalarda ustunroq xam o‘yin namoyish etdi. 

Oxir-oqibat, bellashuv penaltilar seriyasiga qadar etib bordi. Bugun rus matbuoti bong urib, qayta-qayta esga olayotgan vaziyat ham aynan o‘sha pallada ro‘y berdi. Igor Akinfeev Yago Aspas yo‘llagan zarbani g‘aroyib tarzda qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va Rossiya terma jamoasi uchun mundiallar tarixidagi yangi saxifani ochgan edi.

“Match TV” telekanali ijodkorlari penalti bartaraf etilgan tarixiy voqeani yodga oldi va uni xodisa sodir bo‘lgan “Lujniki” stadionida jonli tiklashga xarakat qildi.



O‘sha turnirda "A" guruhidan joy olgan Rossiya terma jamoasi 1-tur bahsida Saudiya Arabistonini yirik 5:0 hisobida taslim etadi. 2-tur doirasidagi Misrga qarshi bahsda mezbonlar navbatdagi ishonchli (3:1) g‘alabani tantana qilgan. Ular faqat 3-turda Urugvayga mag‘lub bo‘lgan (0:3) va o‘z guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan holda, pley-offga yo‘l olgan. 



Nimchorak finalda biz yodga olayotan o‘sha sensatsion natija va Akinfeev ishtirokidagi o‘ziga xos "event" sodir bo‘lgan. Dastlab, Ignashevich avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, 41-daqiqada Dzyuba muvozanatni tiklagan. O‘yinda boshqa hisob o‘zgarmagan va penaltilar seriyasida ruslar 4:3 hisobida zafar quchgan. 



Chorak final bahsida ham Rossiya mardonavor o‘yin ko‘rsatgan. Bellashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilgan. Ruslardan Cherishev, xorvatlardan esa Kramarich gol urgan. Bahsning ekstra taymlarida ham jamoalar bittadan gol almashib olgan. Vida 100-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqadi. Uchrashuv yakuniga yaqin, aniqrog‘i, 115-daqiqada Fernandes muvozanatni tiklaydi. Yana penaltilar seriyasi. Bu safar ham seriyada 4:3 hisobida qayd etildi, ammo ruslarning zarariga. 



Hozir biz Akinfeev ishtirokidagi o‘sha ajoyib seyvni eslash barobarida Rossiyaning JCh-2018'dagi o‘ziga xos natijasini ham yodga oldik. Qayd etish lozim, Rossiya o‘zi mezbonlik qilgan turnirda ancha shov-shuv ko‘targan. Eslasa argigulik ishtirok. Shunday emasmi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!