
"Oltin to‘p" ijrochi direktori OAVda tarqalgan ro‘yxat bo‘yicha izoh berdi
"Oltin to‘p" ijrochi direktori Mark Las ispan OAVlarida paydo bo‘lgan ovoz berish natijalariga javob berdi.
“G‘olibni faqat ikki kishi biladi - men va France Football rahbari. Kimdir g‘olibni bilaman yoki ro‘yxati bor desa, yolg‘onchi bo‘ladi”, — deya Lasaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Madrid Universal nashri.
Eslatib o‘tamiz, OAVda paydo bo‘lgan ro‘yxatga ko‘ra, bu galgi "Oltin to‘p" sovrini "Real"ning braziliyalik vingeri Vinisius Juniorga beriladi. Bu borada ikkinchi o‘rindan "Manchester Siti" futbolchisi Rodri joy olgan. Kuchli uchlikni "Real"ning yana bir vakili Jud Bellingem yakunlab bergan.
Ommaviy axborot vositalariga sizdirilgan ikkinchi ro‘yxatda natijalar boshqacharoq. Unga ko‘ra, "Oltin to‘p"ga "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri sazovor bo‘ladi. Vinisius ikkinchi, Bellingem esa yana uchinchi o‘rinni egallaydi.
"Oltin to‘p"ni aslida kim olishini bugun, 28 oktyabr kuni bilib olamiz. Marosim Parijdagi Shatle teatrida Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Fikrlar