"Oltin to‘p" uchun da’vogarlar reytingi e’lon qilindi. Ronaldu va Messi kuchli beshlikda ham emas

  • 22 iyun, 2021, 13:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli Goal.com portali "Oltin to‘p" uchun da’vogarlar reytingining yangilangan talqinini e’lon qildi.

"Chelsi" klubi va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ngolo Kante ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasida qolmoqda. Ammo ushbu mukofotning bir necha bor g‘oliblari hisoblangan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu hozircha kuchli beshlikdan tashqarida. Sayyoramizning eng mashhur futbolchilari reytingda 6- va 7-o‘rnilarni egallab turibdi.

1. Ngolo Kante ("Chelsi", Frantsiya);

2. Kilian Mbappe (PSJ, Frantsiya);

3. Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti", Belgiya);

4. Robert Levandovski ("Bavariya", Polsha);

5. Romelu Lukaku ("Inter",  Belgiya);

6. Lionel Messi ("Barselona",  Argentina);

7. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus",  Portugaliya);

8. Ruben Diash ("Manchester Siti",  Portugaliya);

9. Karim Benzema ("Real",  Frantsiya);

10. Fil Foden ("Manchester Siti",   Angliya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!