
“Oltin to‘p”ning yangi sohibi endi “Manchester Siti”dan boshqa klubga o‘tmoqchi
“Manchester Siti”ning 28 yoshli futbolchisi Rodri “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan keyin kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Li Ligaga qaytamanmi? Men ispan futbolini yaxshi ko‘raman, liga jadal rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga Angliya futboli ham yoqadi va men bu erda baxtiyorman.
Hozir amaldagi shartnomam bor va bu faoliyatimdagi eng muvaffaqiyatli davr hisoblanadi. Jarohatimdan qutilish va kelajagim haqida bosh qotirish uchun vaqtim bor.
Umid qilamanki, baribir Ispaniyaga qaytib, o‘z yurtimda yana to‘p tepaman, - dedi Rodri.
Rodri 2025-2018 yillar davomida “Vilyarreal”da o‘ynagan. Keyin yana bir mavsum “Atletiko”da faoliyat yuritganidan keyin “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar