
"Omadli taqvim". O‘n ikkinchi son (jonli efir)
Xabaringiz bor, SPORTS.uz internet axborot nashri "Omadli taqvim" deya nomlangan sovrinli o‘yinni yo‘lga qo‘ygan. Bugun mazkur o‘yinimizning 12-soni Siz azizlarga taqdim etiladi.
O‘yinimiz 15:00 da start olishi rejalashtirilgan. Bizni kuzatishda davom eting.
15:12 Shuning bilan "Omadli taqvim"ning 12-soni o‘z nihoyasiga etdi. Biz bugungi sonda g‘olib bo‘lgan 38 ishtirokchini tabriklagan holda kelgusi haftagacha hayrlashib qolamiz
15:11 Afsuski, hech bir ishtirokchi 12-sonda baraban tanlagan 23, 9, 4, 15, 32 va 27 raqamlarining barchasini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni topilmadi. Shunday bo‘lsada, mazkur raqamlarning 5 tasini to‘g‘ri topa bilganlar soni 38 tani tashkil etmoqda. Endi ularga bir dona Redmi smartfonining tannarxini pul ko‘rinishida taqsimlab beriladi
15:10 So‘nggi raqam 27
15:09 Azizlar, bizda bosh g‘oliblikka 16 nafar ishtirokchi da’vogarlik qilmoqda
15:09 Demak, beshinchi raqam 32
15:08 Endi esa navbat sovrindorlarni aniqlab beradigan 5-raqamni aniqlab olamiz
15:8 To‘rtinchi raqam 15
15:07 Uchinchi raqam 4
15:06 Ikkinchi raqam esa 9
15:05 Demak bizda dastlabki raqam 23
15:04 Ishtirokchilardan bizga yuborgan SMSlarini yana bir bor tekshirib olishlarin so‘rab qolamiz
15:03 O‘tgan sonda uch nafar ishtirokchi baraban tanlagan 6 raqamning beshtasini to‘g‘ri topishga erishgan edi. Ular bir dona Redmi smartfonining tannarxini pul ko‘rinishida teng taqsimlab olishdi
15:02 Boshlovchi Bekzod Isaev odatga ko‘ra ishtirokchilarni yana bir bor umumiy qoidalar bilan tanishtirib o‘tmoqda
15:00 Diqqat qiling, biz boshladik
14:57 Ayni vaqtda esa barcha narsa efirga chiqishga shay
14:56 Birozdan so‘ng "Omadli taqvim" o‘yinining 12-soni boshlanadi
14:55 Assalomu alaykum qadrli do‘stlar!
SPORTS.uz mobil ilovasi orqali siz tezkor xabarlar, o‘zbek va jahon futbolidagi eng qiziqarli musobaqalarni kuzatib borish imkoniga egasiz.
Fikrlar