
"Omadli taqvim" o‘yinining ikkinchi soni boshlandi (matnli+videotranslyatsiya)
Qadrli SPORTS.uz saytining kuzatuvchilari, bugun biz saytimiz tomonidan sizlarga “Omadli taqvim” deya nomlangan o‘yinning 2-sonini taqdim etamiz. Mazkur sahifa orqali ushbu o‘yindan amalga oshirilayotgan matnli va videotranslyatsiyani kuzatib borish imkoniga egasiz.
16:17 Yaqin fursat ichida saytimiz hodimlari ushbu abonent egasi bilan bog‘lanadi va kelgusi 3-sonimizda ularni mazkur o‘yinimizga bevosita taklif etamiz. Salomat bo‘ling!
16:16 Unga ko‘ra, 91 kodi bilan 14 33 raqami egasi Redmi smartfoni egasiga aylandi!
16:15 O‘yinimiz shartlariga ko‘ra, 6 raqamning 5 tasini topgan ishtirokchiga Redmi rusumli smartfon topshiriladi!
16:15 Bizda 6 raqamning beshtasini to‘g‘ri topgan ishtirokchi mavjud
16:14 Oltinchi raqam 31!
16:13 Beshinchi raqam 13! Afsus! 13 raqamini odatda baxtsiz raqam deya e’tirof etiladi. Bu ta’rif amalda to‘g‘ri ekanligi yana bo‘ldi.
16:12 Diqqat qiling, kulminatsiya!
16:11 To‘rtinchi raqam - 36! 14 nafar ishtirokchi mazkur sonni topishgan
16:10 Uchinchi raqam - 6. 335 nafar ishtirokchi ushbu sonni topishgan
16:09 Ikkinchi raqam - 5!
16:08 Demak, dastlabki raqam 10! Ushbu sonni 5404 nafar ishtirokchilar to‘g‘ri topishgan
16:07 Diqqat qiling, o‘yinimiz boshlanmoqda!
16:06 Qolaversa, saytimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham jonli efir yo‘lga qo‘yilgan. Matnli va videotranslyatsiyani ko‘rish imkoni bo‘lmaganlar esa 2000 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bizni tinglashlari mumkin.
16:04 Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin SPORTS.uz sayti tomonidan taqdim etilmoqda va o‘yinni saytimiz orqali jonli efirda kuzatib borish imkoniyaga egasiz
16:03 Shunday ekan O‘zbekistonda yagona bo‘lgan o‘yinda ishtirok etishga shoshiling. Agar auditoriya yanada kengaysa, sovg‘alarimizning miqdori va sifati yanada yiriklashishi mumkin. Bularning barchasi sizlarga bog‘liq.
16:01 Ushbu o‘yinning boshqa o‘yinlardan ustun jihatlari bor. Birinchisi, sms mutlaqo bepul. Ikkinchisi, esa o‘yin jonli efirda namoyish etiladi. Barchasi boricha ko‘rsatiladi.
16:00 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab oling, R harfi bilan tanlangan raqamlarni “Beeline” va “Ucell” abonentlari 5454 qisqa raqamiga, “Uzmobile” abonentlari 1424 qisqa raqamiga, “UMS” kompaniyasi foydalanuvchilari esa 77777 qisqa raqamiga sms tarzida jo‘natishingiz va o‘yinimizda ishtirok etishingiz mumkin
15:58 O‘yin avvalida sizlarni yana bir bor shartlar bilan tanishtirib o‘tsak
15:55 Assalomu alaykum, qadrli do‘stlar, "Omadli taqvim" o‘yinining ikkinchi soni boshlanish arafasida
Fikrlar