"Omadli taqvim". Uchinchi sonda 6 nafar g‘olib aniqlandi!

BEPUL PROPAN

Yaxshi bilasiz, o‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab olib, R harfi bilan tanlangan raqamlarni “Beeline” va “Ucell” abonentlari 5454 qisqa raqamiga, “Uzmobile” abonentlari 1424 qisqa raqamiga, “UMS” kompaniyasi foydalanuvchilari esa 77777 qisqa raqamiga SMS tarzida jo‘natishlari talab etilar edi.

G‘olib tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlab olinadi. Unga ko‘ra, generator o‘yinimizning uchinchi sonida dastlabki raqam sifatida 20 raqamini tanladi. Ishtirokchilarimiz orasida 17364 nafar abonent mazkur raqamni to‘g‘ri topishdi.

Generator ikkinchi raqam sifatida 8 sonini tanladi va mazkur ikki raqamni topgan ishtirokchilar soni keskin darajada pasaydi.

Uchinchi raqam sifatida tasodifiy raqamlar generatori 34 sonini tanladi. 20, 8 va 34 conlarini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 51 tani tashkil etdi.

E’tiborlisi, to‘rtinchi raqam sifatida generator 5 ni tanladi va bizda bosh sovrin - iPhone X smartfoniga da’vogarlar soni 10 tani tashkil etdi.

Beshinchi raqamni tanlash uchun bizga yana tasodifiy raqamlar generatori yordamga keladi va bu safar bizga mazkur dastur 13 raqamini taqdim etdi. Bosh sovrin uchun da’vogarlik qilgan 10 ishtirokchining faqatgina bittasi 20, 8, 34, 5 va 13 raqamlarini to‘g‘ri topdi.

O‘yinimiz shartlariga ko‘ra esa ushbu ishtirokchimiz oltinchi raqamni ham topsalar, iPhone X, televizor va noutbukni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega edilar, ammo generator tanlagan 11 raqamini ular topa bilmadilar.

Shunday bo‘lsada, yakunda 20, 8, 34, 5, 13 va 11 sonlaridan 5 tasini to‘g‘ri topib, bizga SMS-xabar yuborganlar soni 6 tani tashkil etdi.

Yaxshi bilasiz, “Omadli taqvim” sovrinli o‘yini qoidalariga ko‘ra, 5 ta raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchiga Redmi 6A smartfoni taqdim etiladi, biroq bunday ishtirokchilar soni bittadan ortiqni tashkil etsa, yuqorida nomi tilga olingan smartfon qiymati g‘oliblar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Shunday ekan, uchinchi sonimizda 6 nafar ishtirokchi pul mukofotiga ega chiqishdi.

Tasodifiy raqamlar generatori tanlagan raqamlar ketma-ketligi: 20, 8, 34, 5, 13, 11.

photo_2019-04-12_17-41-55

Shu tariqa uchinchi sonimizda "Omadli taqvim" o‘yinining bir yo‘la 6 ta g‘olibi aniqlab olindi. Kelgusi haftada ko‘rishguncha, salomat bo‘ling!

O‘yinga oid qolgan ma’lumotlarni SPORTS.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Qolaversa, doim ushbu sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishingiz darkor. Sababi o‘yinga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilish mumkin va albatta ana shu yangiliklardan xabardor bo‘lib borasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!