
O‘n yillikning eng kuchli bokschisi nominatsiyasi borasida Davron Fayziev qanday fikrda?
???? Yil oxiri. So‘rovlar, nominatsiyalar, laureatlar... (saylovlar).
Amerikaning Boks jurnalistlari uyushmasi yilning an’anaviy so‘rovini boshladi. Faqat bu safar 10 yilda bir qo‘shiladigan “O‘n yillikning eng kuchli bokschisi” nominatsiyasi ham bor.
Unga da’vogarlar:
Floyd Meyvezer,
Menni Pakiao,
Saul Kanelo Alvares,
Vladimir Klichko,
Andre Uord.
Oldingi safar 2009 yilda afsonaviy Djo Luis nomidagi ushbu nominatsiyani Menni Pakiao yutgan. Shaxsiy fikrimcha bunisini xaqli ravishda Floyd Meyvezer olishi shart.
2019 yilning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Shugar Rey Leonard nomidagi sovringa da’vogarlar:
Saul Alvares,
Naoya Inoue,
Menni Pakiao,
Djosh Teylor,
Errol Spens.
Superog‘ir yigitlar esdan chiqmadimi? Fyuri, Uaylder... Oltin bola Lomachenkochi? yo‘q ular nominantlarda. Ob’ektiv qarashga xarakat qilgan holda aytyapman. (Sub’ektiv bo‘lganda Murodjon Ahmadalievni qo‘shardim).
Natijalar yanvar boshida e’lon qilinadi. U erda yil murabbiyi, yil menejeri, yil jangi kabi nominatsiyalar ham bor. Oxirgisiga Djoshua - Ruis birinchi sensatsion jangni e’tirof etgan bo‘lardim.
Manba: Davron Fayziev rasmiy kanali.
Fikrlar