"Ordabasi" Bobur Abduxoliqovni o‘z safiga qo‘shdi (foto) va Sherzod Nasrullaevga ham ko‘z tikyapti

  • 31.01.2023 23:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Belarus chempionatida “Energetik-BGU” safida to‘purarlik mahoratini ko‘rsatib, katta mashhurlikka erishgan Bobur Abduxoliqovning yangi mavsumni qaysi klubda boshlashi muxlislarni qiziqtirayotgani rost.

Futbolchi Turkiyaning Antaliya shahriga etib keldi va bugun “Ordabasi” mashg‘ulotiga qo‘shildi. Qozog‘istonning amaldagi Kubok sohibi hisoblangan “Ordabasi” anchadan beri futbolchimizga jiddiy qiziqish bildirib kelayotgandi. Lekin Abduxoliqovni “Nasaf”ga qaytish varianti ham yo‘q emasdi. Chunki u sobiq jamoasining qishki mashg‘ulotlarida ham ishtirok etgandi.

bobur1_2

Biroq futbolchining agentlari qozoq klubi bilan bir to‘xtamga kelganga o‘xshaydi. “Ordabasi” tarkibida o‘tgan yili ikki hamyurtimiz - Odil Abdumajidov bilan Shahboz Umarov to‘p surganini yaxshi bilasiz. Yaqinda Abdumajidov “Olimpik” klubiga o‘tdi.

Bundan tashqari, Antaliyada bo‘lib turgan Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning ma’lum qilishicha, “Ordabasi” “Nasaf”ning etakchilaridan biri Sherzod Nasrullaevga ham ko‘z tikmoqda. Ayni chog‘da esa bu futbolchi qarshiliklar bilan birga Antaliya yig‘inida qatnashyapti. Bizningcha, “Nasaf” Narsullaevni bu klubga qo‘yib yubormasa kerak. Ammo qozog‘istonliklarning qiziqishi jiddiyga o‘xshayapti.

Darvoqe, Abduxoliqov Antaliyada sobiq jamoasi – “Nasaf”ga qarshi maydonga tushadi. Boisi, 13 fevral kuni aynan ikkala klub o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi belgilangan va bu qarshiliklaning Antaliya yig‘inidagi so‘nggi nazorat bahsi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!