
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Navbahor" so‘nggi daqiqalarda "Andijon" darvozini ishg‘ol etdi va g‘alabani ilib ketdi
Superliga jamoalari FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan qisqa muddatli tanaffusdan unumli foydalangan holda o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda.
Bundan biroz avval, Namanganda “Navbahor” va “Andijon” jamoalari bahsi yakunlandi. Gollarga boy kechgan bellashuv 3:2 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
“Navbahor” - “Andijon” 3:2
Gollar: Shahboz Jumaboev 0:1, Abbos G‘ulomov 1:1, Zabihillo O‘rinboev 1:2, Shahboz Jumaboev 2:2, Mirzohid G‘ofurov 3:2
“Navbahor” ayni damda Superliga musobaqa jadvalida 8-o‘rinda, “Andijon” esa 13-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar