“O‘runovni hisobdan chiqarishga shoshilmang!”

  • 16 noyabr, 2020, 18:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolidagi taniqli agentlardan bir Aleksey Safonov “Spartak” selektsiya bo‘limidagi o‘zgarishlar haqida o‘z munosabatlarini bildirib, poytaxt jamoasi amalga oshirgan transferlarga ham to‘xtaldi.

Tecno

- Selektsiya bo‘limi rahbari Narimon Akavovni yaxshi tanimayman. Yo‘llarimiz hech kesishmagan. “Spartak” kabi jiddiy klub uni ketkazishga qaror qildimi, demak uning ishidan qoniqishmagan. Aslida “Spartak”da moliyaviy jihatdan muammo yo‘q, deyishgandi. Lekin klubning olgan futbolchisidan sotgani ko‘p bo‘ldi.

Oston O‘runov va Aleksandr Kokorinni hisobdan chiqarishga hali erta, degan fikrlarga to‘liq qo‘shilaman. Albatta, Kokorin “Sochi”da ko‘rsatgan o‘yinlarini “Spartak”da namoyish qila olgani yo‘q. Bunga turli omillar sabab bo‘layotganini aytishim mumkin.

O‘zbekistonlik legioner sifatli futbolchi hisoblanadi. Biroq, “Spartak” jamoasi o‘yin uslubiga moslashishi uchun vaqt kerak. “Ufa”da porlagani boshqa masala. “Spartak”da o‘zini ko‘rsatish hammaga ham qiyin. Millionlab muxlislarning bosimi borligini unutmaslik kerak, - dedi Aleksey Safonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!