Orzuga ayb yo‘q! Debyutant jamoa Zlatan Ibrohimovichni oladi!

  • 6 iyun, 2022, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaga chiqqan “Montsa” klubi rahbariyati “Milan” tarkibida Italiya chempionaligini qo‘lga kiritgan Zlatan Ibrohimovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatdi.

“Montsa” ayni paytda “Milan” va hujumchi o‘rtasidagi muzokaralar natijasini kutmoqda. Chunki shvetsiyalik to‘purarning amaldagi shartnomasi bir necha kundan keyin yakunlanadi.

Agar tomonlar bir to‘xtamga kela olmasa, debyutant Ibrohimovichni olish harakatlariga kirishadi.

40 yoshli Zlatan yaqinda chap tizzasini operatsiya qildirdi. Uning bu qarori professional faoliyatini davom ettirishidan dalolat beradi.

“Milan” eng tajribali hujumchisi klubda qoladigan bo‘lsa, unga yiliga 2,5 million evro maosh to‘lamoqchi. Zlatan uchun bu kamlik qilishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!