
"Osasuna" bosh murabbiyining fikricha "Real"ning penaltisi noto‘g‘ri belgilangan
"Osasuna" La Liganing birinchi turida "Real Madrid" mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobidagi minimal farq bilan mag‘lub bo‘ldi.
"Qaymoqranglilar"ning yagona goli ikkinchi bo‘lim boshida penaltidan kiritildi. "Osasuna" jamoasi bosh murabbiyi Alessio Liski fikriga ko‘ra, o‘n bir metrlik jarima to‘pi noto‘g‘ri belgilangan.
- Menga aniq ediki, u erda hech qanday jiddiy narsa sodir bo‘lmagan. Men vaziyatni qayta ko‘rib chiqdim - Mbappe Krusning oyog‘ini bosib oldi, keyin esa unga zarba berdi. Penalti noto‘g‘ri belgilangan edi, - deya Liskining so‘zlarini keltiradi "Goal" nashri.
La Liganing ikkinchi turida "Osasuna" o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qiladi. "Real" esa shu kuni "Real Ovedo" mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar