
Osiyo chempionati. Bokschi yigitlarimiz finallarni "yondirdi"!
Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasi(U-19) da Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugundan boshlab final janglari start oldi. Birinchi kunda Yoshlar (U-19) jamoalari oltin medal uchun o‘z bahslarini o‘tkazyapti.
Hozirgina bokschi yigitlarimiz ishtirokidagi final janglari yakunlandi.
Oltin medal. -65 kg vaznda Jahongir Zayniddinov hindistonlik Mausam Suhagga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0;
Oltin medal. Abdulaziz Jo‘raqulov ham Osiyo chempioni. Bokschimiz -70 kg vazndagi finalda qozog‘istonlik Ashirbay Bibarisni 4:1 hisobida mag‘lub etdi;
Kumush medal. -75 kg da Muhammadjon Yaqupboev hindistonlik Rahul Kundudan 1:4 hisobida engildi;
Oltin medal. Norbek Abdullaev -80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, qozog‘istonlik Timur Taibekovdan 4:1 hisobida ustun kelib, Osiyo chempioniga aylandi;
Oltin medal. Samir Sobirovni -85 kg da qozog‘istonlik Nursultan Kistaubayni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi - 5:0;
Oltin medal. +90 kg da Islam Salihov hakamlarning yakdil qarori bilan Orxan Aghaev (Birlashgan Arab Amirliklari) ustidan zafar quchdi.
Fikrlar