
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston yarim finalda Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi
Osiyo o‘yinlari yarim final bosqichidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - O‘zbekiston o‘yini o‘z nihoyasiga etdi. Afsuski, unda vakillarimiz 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Koreyaliklarning ikkala goliga ham Jong Yu Vong mualliflik qildi. Vakillarimizning yagona golini Jasur Jaloliddinov jarima zarbasidan kiritdi.
Shuningdek, 74-daqiqada Abdurauf Bo‘riev qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi. U ikkinchi sariq kartochkasini ishlab olgani sabab chetlatildi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz finalga chiqish imkonini qo‘ldan boy berdi. Endi Timur Kapadze shogirdlari 3-o‘rin uchun Gongkong termasi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar
Аввал айтилганидек жамоавий ўйин йўқ, ўзим алдасам ўзим гол урсам дейишади. Пазор мақтанчоқларга.