
Osiyo qit’asining o‘tgan yildagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasi tuzildi (foto)
IFFHS 2022 yilda Osiyo qit’asining eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani tuzdi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi jamoaga 4 nafar yaponiyalik va 3 nafar janubiy koreyalikni kiritdi. Shuningdek, ro‘yxatdan 2 saudiyalik hamda bittadan Eron va Avstraliya futbolchisi joy olgan.
2022 yilgi AFC davlatlarining eng yaxshi futbolchilari jamoasi bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.
Darvozabon: Shuichi Gonda (Yaponiya, “Simidzu S-Pals”);
Himoyachilar: Aziz Bexich (Avstraliya, “Dandi Yunayted”), Maya Yoshida (Yaponiya, “Shalke-04”), Kim Min Je (Janubiy Koreya, “Napoli”);
Yarim himoyachilar: Salmon al-Faraj (Saudiya Arabistoni, “Al-Hilol”), Daichi Kamada (Yaponiya, “Ayntraxt”), Xvan Xi Chan (Janubiy Koreya, “Vulverxempton”), Takumi Minamino (Yaponiya, “Monako”);
Hujumchilar: Son Xin Min (Janubiy Koreya, “Tottenxem”), Salim al-Davsari (Saudiya Arabistoni, “Al-Hilol”), Mehdi Taremi (Eron, “Portu”).
Fikrlar