Osiyo va Okeaniya chempionati g‘oliblari poytaxtimizda tantanali kutib olindi (FOTO)

  • 10 sentabr, 2019, 14:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Dzyudo
TIGGO 2 PRO

Avstraliya, Xitoy, Indoneziya, Hindiston, Eron, Yaponiya, J.Koreya kabi 13 ta davlatdan tashrif buyurgan paradzyudochilar bellashgan ushbu musobaqada O‘zbekiston paradzyudo terma jamoasi 11 kishilik tarkib bilan ishtirok etdi.

Paradzyudochilarimiz yakkalik bahslarida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallari sohibiga aylangan bo‘lsalar, jamoaviy bahslarda kumush medallarni qo‘lga kiritishdi va umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Bugun ushbu sportchilarimiz medallar shodasi bilan yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, OAV xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari tantanali tarzda kutib olishdi.

Paradzyudo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:

Erkaklar (yakkalik):

-60 kg: Sherzod Namozov – oltin medal

-81 kg: Davurxon Karomatov – oltin medal

-100 kg: Sharif Halilov – oltin medal

+100 kg: Shirin Sharipov – oltin medal

-90 kg: Shuhrat Boboev – kumush medal

-73 kg: Feruz Saidov – bronza medal

 

Ayollar (yakkalik):

-52 kg: Sevinch Salaeva – oltin medal

-57 kg: Parvina Samandarova – oltin medal

-70 kg: Vasila Aliboeva – oltin medal

-48 kg: Lobar Xurramova – kumush medal

-63 kg: Nafisa Sheripbaeva – kumush medal

 

Erkaklar (jamoaviy):

O‘zbekiston terma jamoasi – kumush medal

 

Ayollar (jamoaviy):

O‘zbekiston terma jamoasi – kumush medal

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!