Osiyoda yangi turnir joriy etiladi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) yaqin orada yangi musobaqa OFK Millatlar ligasi turniri ishga tushirilishini ma’lum qildi.
Hozircha musobaqa tafsilotlari ochiqlanmagan. Biroq taxminlarga ko‘ra, turnir UEFA Millatlar ligasiga o‘xshash formatda tashkil etiladi. Unga binoan, terma jamoalar reytingga qarab divizionlarga ajratiladi va yuqori divizionga ko‘tarilish hamda Osiyo Kubogiga yo‘llanma olish uchun kurash olib boradi.
Bunday tizim kuchsizroq jamoalarga ham yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatini yaratib berishi mumkin.
OFK Bosh kotibi Uindzor Jonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turnir milliy terma jamoalar uchun yuqori sifatli o‘yinlar, aniq taqvim va sport rag‘batlarini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu formatga muxlislar va tijoriy hamkorlar tomonidan ham katta qiziqish mavjud.
Musobaqaning aniq formati va boshlanish sanasi keyinchalik e’lon qilinadi.



Fikrlar