
Osiyolik hujumchiga beshta klub da’vogar
“Liverpul”ning yaponiyalik hujumchisi Takumi Minamino klubni tark etishga yaqin, deb xabar tarqatdi jurnalist Devid Linch.
Manbaning ta’kidlashicha, liverpulliklar osiyolik o‘yinchiga kelasi mavsum ishonch birdirmoqchi emas va uni yozda 20 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Minamino ishsiz qolmaydi. Chunki 27 yoshli hujumchiga “Lids Yunayted”, “Sautgempton”, “Vulverxempton”, “Fulxem” va “Monako” da’vogarlik qilmoqda.
2020 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilayotgan Minamino asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda. U yakunlangan mavsumda premer-ligada 11 marta maydonga tushib, uchta gol urishga erishdi.
Fikrlar