
Oskar De la Xoya Rayan Garsiyaning navbatdagi jangi qachon bo‘lishini ma’lum qildi
Golden Boy poomouterlik kompaniyasi rahbari Oskar De la Xoya o‘zining mijozi Rayan Garsiya (23-1,19KO) 18 noyabr kuni ringga qaytishini ma’lum qildi.
“Men uning promouteri sifatida Rayanga to‘g‘ri raqib tanlashim kerak. Biz 18 noyabrni mo‘ljal qilmoqdamiz. Ammo raqib sifatida hozircha hech kimni ayta olmayman. Ayni damda jang bo‘ladigan joy ustida ishlayapmiz. Umid qilamanki, Los-Anjelesda boks kechasi tashkil eta olamiz. Biz eng yaxshi raqibni qabul qilamiz.Biroq, Rayan oxirgi jangida nokaut evaziga yutqazganini ham unutmaslik kerak"- dedi De la Xoya.
Eslatib o‘tamiz, Garsiya so‘ngi jangida Jervonta Devisga (29-0,27KO) mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar