Oston O‘runovning kelajagi nima bo‘ldi?
Moskvaning “Spartak” klubi matbuot xizmati rahbari Dmitriy Zelenov “oq-qizillar”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov atrofida yuzaga kelgan vaziyatga izoh berdi.
Avvalroq “Spartak” bosh direktori Evgeniy Melejikov O‘runov bilan shartnomani bekor qilish istagi borligini ma’lum qilgandi.
- Melejikov shu hafta O‘runov bilan uchrashishi kerak edi. Uchrashuv qanday o‘tdi?
- Melejikov nomidan gapirishim noto‘g‘ri bo‘lardi. Ammo O‘runov hali ham “Spartak” mashg‘ulotlarida qatnashmoqda, dedi Zelenov “Sport24” nashriga.
Fikrlar