Otabek Holmatov vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi yohud uni juda jiddiy sinov kutib turibdi

  • 03.03.2023 20:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

4 mart kuni Britaniyaning Nyukasl shahrida joylashgan "Nyukasl" arenasida o‘tkaziladigan boks oqshomida hamyurtimiz Otabek Holmatov (10-0, 9KO) mezbon bokschi Tomas Patrik Uordga (33-0-1, 5KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bahs yarim o‘rta vaznda WBA jahon chempionlik kamari uchun eliminator jangi sifatida belgilangan. Ya’ni g‘olib bokschi chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. 

Bugun, ushbu jang avvalida vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bokschilar vazn me’yorini bajara olishdi. O‘z o‘rnida yurtdoshimizga muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz. 

tash

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
04/03/2023 21:48
Жангни қандай кўрсак бўлади?