O‘ttiz yil o‘ynab, “Oltin to‘p” qanday berilishini tushunmadim

  • 21 avgust, 2022, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” va Italiya terma jamoasi afsonasi Franchesko Totti PSJ hujumchisi Lionel Messi va “Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronaldu hamda “Oltin to‘p” berish tartibi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Messi va Ronaldu hamon dunyoning eng zo‘r o‘yinchilari ro‘yxatida turibdi. Ular turli futbolchilardir. Messining texnikasi kuchliroq, Ronaldu jamoaviy o‘yinchi.

To‘g‘risini aytsam, 30 yil to‘p tepib, “Oltin to‘p” qanday berilishini tushunmadim. Bu sovrin jamoadagi eng zo‘r o‘yinchiga beriladimi yoki individual tarzda zo‘r o‘ynagan futbolchigami?,  - dedi Franchesko Totti.

Messi faoliyati davomida bu sovrinni etti marta o‘ziniki qilgan. Ronaldu hisobida beshta “Oltin to‘p” bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!