O‘z futbolchisini Rossiyaga transfer qilgan "Andijon" yozgi selektsiyani qanday o‘tkazdi yoxud yangi futbolchilarning raqamlari ma’lum

  • 2 avgust, 2024, 09:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasida ikkinchi davra ostonamizda turibdi. Barcha jamoalar yana bor e’tiborlarini chempionat o‘yinlariga qaratadilar. Bizning “Andijon” jamoaci yozgi yig‘inini reja asosida o‘tkazdi.

Tecno

Transfer oynasi paytida tarkibda o‘zgarishlar yuz berganidan xabardorsiz. Jamoa selektsiyada ham barchasini obdon o‘ylab, rejalashtirgan holda ish olib bordi.

Yozgi transfer oynasida “Andijon”ni tark etganlar:

Suhrob Berdiev

Shahboz Erkinov

Armin Boshnyak

Nodari Kavtaradze

Sherzod Esanov

Sunnatilla Abdullajonov

Demir Imeri

Oldin xabar berganimizdek, ketganlar orasida Sherzod Esanov Rossiya premer-ligasi jamoasi – “Akron”ga transfer qilindi. Bu esa uchala tomon uchun ham foydali kelishuv bo‘ldi.

Yozgi transfer oynasida “Andijon”ga qo‘shilganlar

Vagiz Galiulin - yarim himoyachi

Abinur Nurimbet – yarim himoyachi (Qozog‘iston)

Lyubisha Petsel – himoyachi (Serbiya)

Damir Temirov – yarim himoyachi

Ko‘rib turganingizdek, shartnoma imzolangan 4 nafar futbolchidan 2 tasi legionerlar hisoblanadi. Murabbiylar jamoa o‘yinini kuchaytira oladigan o‘yinchilarni taklif qildilar. 

Yangi futbolchilar qaysi raqamlar to‘p surishadi:

№11 Vagiz Galiulin

№19 Abinur Nurimbet

№3 Lyubisha Petsel

№18 Damir Temirov

“Andijon” U21 jamoasida ham selektsiyada bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, Asilbek Aysarov (OKMK), Xumoyun Xusanboev, Oyatillo Obidjonov (“Neftchi”), Asad Habibullaev (“Qo‘qon-1912”) va Saidmurod Karimov (“Do‘stlik”) tark etishdi. Shuningdek, U21 jamoasiga “Mash’al”dan O‘ktam Abdumalikov, “Andijon” U19 dan Ne’matilla Akbarov va Jamshid Ko‘paysinov, qolaversa, mahalliy hujumchi Nuriddin Nuriddinov ham o‘rinbosarlar jamoasiga jalb qilindi.  

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!