O‘zbek futbolchisi to‘purarlar ro‘yxatida!

  • 8 yanvar, 16:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya davlatida o‘tkazilayotgan "Kings league" media futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘zining   hal qiluvchi pallasiga kirdi.  Kecha yurtimiz nomidan ishtirok etayotgan "Unwanted boys" jamoasi Peruga qarshi maydonda to‘qnash keldi.

Tecno

Drammatik tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning ilk daqiqalarida vakillarimiz Shahriyor Jabborovning dubli hamda Javlon Anvarjonovning gollari evaziga oldinda borayotgan edi. Ammo o‘yinning  so‘nggi daqiqalarida perulik  futbolchilari o‘zlari uchun qulay hisobni yuzga keltirishdi (3:4).Shundan so‘ng  mag‘lubiyatga uchrab turgan futbolchilarimizdan biri   Jasur To‘xtasinov 2x gol qoidasidan unumli foydalanib qolib jamoamizga chorak final yo‘llamasini taqdim etdi.

E’tiborlisi Shahriyor Jabborov jahon chempionating to‘purarlar ro‘yxatida kuchli top 3 talikda bormoqda. Hozircha turnirda meksikalik Obed Martines 3 ta o‘yinda 7 ta gol urgan holda peshqadam bo‘lsa, undan so‘ng marokashlik Nadir Louax 3 ta bahsda 6 marotaba raqiblar darvoziga yo‘l topa olgan xolda 2-o‘rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikni esa Shaxriyor Jabborov yakunlab beradi. Uning hisobida hozircha 3 ta uchrashuvda 5 ta gol mavjud.

Eslatib o‘tamiz bugun vakillarimiz Kolumbiyaga qarshi 1/4 final bosqichida kuch sinashishadi. G‘alaba qozongan jamoa yarim finalga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!