O‘zbek professional boks tarixida yangi sahifa ochildi

  • 05.09.2020 01:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Yurtdoshimiz garchi ikkinchi raundda o‘tkazib yuborilgan zarbadan nokdaun holatiga tushib qolgan bo‘lsa-da, o‘zida iroda topib, sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning qolgan raundlarida to‘liq ustunlikka erishib, ochkolar hisobiga ko‘ra (77-74, 77-74, 76-75) g‘alabaga erishdi.

Moskva shahrida "Shamo boxinhg" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi Ravshan Mahammadjonov yoshlar o‘rtasidagi WBC  jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarildi. Mazkur to‘qnashuvda bokschimizga ukrainalik Volodimir Gordienko raqiblik qildi. 

Shu tariqa, Mahammadjonov birinchi o‘rta vazn toifasida o‘zbek professional boks tarixida ilk bora WBC Youth kamarini qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!