O‘zbek sport turlari soni yana bittaga ko‘paymoqda

  • 24 avgust, 2022, 17:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Jamoliddin Bo‘taqulov o‘zbek milliy an’ana va qadiryatlari, shu bilan birga ko‘p millatli xalqimiz orasida do‘stlikni targ‘ib qilgan "Ucharto‘p" deb nomlanuvchi yangi milliy sport turini Intelektual mulk agentligidan ro‘yxatdan o‘tkazib, Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan ommaga taqdim qilish uchun ruxsat oldi.

Tecno

"Ucharto‘p" - yigit-qizlar birdek shug‘ullanish imkoniga egaligi va ballon shaklidagi to‘pni qo‘lda o‘ynagan holda, halqaga uloqtirib bir bo‘lim uchun kerakli raqamlarni jamg‘arishdan iborat bo‘ladi. O‘yin 10 daqiqadan 4 bo‘lim o‘ynaladi.

Rejaga asosan dastlab Andijon viloyatining 4 ta tumani tanlab olinadi va keyinroq boshqa viloyatlarda ham targ‘ibot ishlarini olib boriladi. Buni Jamoliddin Bo‘taqulov SPORTS.uz saytiga ma’lum qildi.

guvohnoma

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!