
O‘zbekiston - Eron. Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashining uchinchi bosqichi doirasida Eron futbolchilariga qarshi bahs olib boradi.
Jamoalar rasmiy o‘yinlarda o‘zaro 13 marotaba to‘qnash kelgan. 9 ta bahsda raqiblarimiz qo‘li baland kelgan bo‘lsa, hamyurtlarimiz hisobida hozircha bitta g‘alaba bor. 3 ta o‘yinda esa jamoalar kuchi teng kelgan. To‘plar nisbati 14-5.
Bir necha mashhur saytlar ertangi uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.
Shvetsiyaning "SportsMole" nashrining yozishicha O‘zbekiston va Eron qarama-qarshiligida mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishi mumkin.
"FootballPredictions.Net" portali ham raqiblarimiz g‘alaba qozonishiga ishonmoqda. Taxmini hisob 1-0.
Yana bir sport yangiliklarini yoritib boruvchi "SportsDunia" nashri ertangi bahsda forslar 2:0 hisobida zafar quchishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar
Мени тахминим 2-1 бизни фойдамизга...
Оллох хохласа