O‘zbekiston - Falastin o‘yinini kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Muhim bellashuv "Sport" TV jonli efirda namoyish etadi. Uchrashuvni esa Bobur Akmalov sharhlab boradi. Bu haqda sharhlovchining o‘zi telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs "Paxtakor" stadionida 17:00da boshlanadi.



Fikrlar