
O‘zbekiston chempionati bahslari jiddiy tus olmoqda
Kecha saytimiz orqali xabar berganimizdek, Andijondagi “Universal” sport majmuasida 7-17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan mazkur musobaqaning quyi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 840 nafar yosh shaxmatchilar O‘zbekiston chempionligi uchun dona surmoqda.
Kecha ochilishi marosimi hamda musobaqaning dastlabki ikkita turi o‘tkazilgandi. Bugun “Universal”da 3- va 4-tur bahslari davom ettirildi.
Bugun ertalab 9 dan boshlab 3-tur uchrashuvlari boshlandi. Kunning birinchi qismiga qadar keskin va murosasizlik kuzatildi. Ayrim uchrashuvlarda esa navbatdagi tur boshlanguniga qadar ham biroz cho‘zilgan holatlar bo‘ldi.
4-tur 15:00 da start oldi. Albatta, yosh shaxmatchilar ushbu turda ham ajoyib dona surishlari bilan ota-onalar va tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirishdi.
Bugungi natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
3-tur natijalari:
https://chess-results.com/tnr1098694.aspx?lan=1&art=2&rd=3
4-tur natijalari:
Fikrlar