O‘zbekiston-Gana uchrashuvini FIFA referisi boshqaradi

  • 24 mart, 2021, 11:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasining Gana MTJga qarshi uchrashuvi uchun hakamlar brigadasi tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

"Xabaringiz bor, 26-mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Namanganda Gana vakillariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

“Markaziy” stadionda o‘tadigan mazkur bahsni qirg‘izistonlik FIFA referisi Dayirbek Abdildaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo‘ldi. Hakamlar nazoratchisi sifatida Bahodir Qo‘chqorov faoliyat olib boradi.

Bosh hakam: Dayirbek Abdildaev (Qirg‘iziston)

Yon hakamlar: Sergey Grishchenko (Qirg‘iziston), Ismoilxon Tolipjonov (Qirg‘iziston)

Zaxira hakami: Nurzutbek Askat o‘g‘li (Qirg‘iziston)

Hakamlar nazoratchisi: Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston)",-deyiladi tashkilot xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!