O‘zbekiston kubogi. Ayollar o‘rtasidagi finalni boshqaradigan hakamlar brigadasi ma’lum

  • 4 noyabr, 2022, 14:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

5-noyabr kuni Qarshi shahrida ayollar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkentning “Bunyodkor-W” jamoasi Qarshining “Sevinch” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur bellashuvni Doston Mirzaraimov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Mahmud Turdiev va Feruz Dostonov yordamlashadi. Zaxira hakami – Shuhrat Rajabov.

O‘zbekiston kubogi W. Final

5-noyabr, shanba

BUNYoDKOR-W – SEVINCh

Qarshi. “Markaziy” stadion. 16:00

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Shuhrat Rajabov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Adelya Kurmaeva.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!