
O‘zbekiston kubogi. "B" guruhida 1-tur yakunlandi. Jadval bilan tanishing (foto)
Bir necha kun oldin O‘zbekiston kubogi yangi mavsumiga start berilgandi.
"B" guruhi ishtirokchisi "Nasaf" bugun "Qo‘qon-1912"ga qarshi maydonga tushdi. Qo‘qondagi "Markaziy" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
"Ajdarlar"ning yagona goliga Shohmalik Komilov mualliflik qildi. U 6-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ikkinchi bahsda "Surxon" bugun "Mash’al"ga qarshi maydonga tushdi. Toshkentdagi "Jar" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Quyida ushbu bahslardan keyin "B" kvartetidagi turnir jadvali bilan tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar