
O‘zbekiston Kubogi. Bugun 3-tur bellashuvlari davom ettiriladi
Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turi davom ettiriladi. Kun dasturidan 4 ta uchrashuv o‘rin olgan.
"Mash’al" o‘z maydonida "Yangier"ni qabul qiladi. "Buxoro" Birinchi liga vakili "G‘ijduvon"ni sinovdan o‘tkazadi. "Surxon" "Dinamo" maydoniga safar qiladi. Kunning markaziy uchrashuvi esa Bekobodda "Metallurg" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasida kechadi.
Birinchi o‘yin 16:45 da, ikkinchisi 17:00 da va qolgan 2 ta bellashuv 18:45 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar