O‘zbekiston kubogi. "Buxoro" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, "Turon" bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
"D" guruhi ishtirokchisi "Buxoro" bugun "Turon"ga qarshi maydonga tushdi. Buxoroda bo‘lib o‘tgan o‘yinda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Mezbonlar safida golga Obid Jo‘raboev mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Ixtiyor Toshpo‘latov nomiga qayd etildi.



Fikrlar