
O‘zbekiston kubogi. "Metallurg" "Buxoro" bilan murosa ko‘chasini tanladi
O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Metallurg" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Dastlab 23-daqiqada Abbos Otaxonov penaltidan unumli foydalanib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 33-daqiqa o‘tib borayotganda Obid Jo‘raboev muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur natijadan so‘ng "Metallurg"ning ochkolari soni bittaga etdi. "Buxoro" hisobida ham shuncha ochko mavjud.
Fikrlar