O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" - "Dinamo" va OKMK - "Navbahor" uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari ma’lum
19 oktyabr kuni O‘zbekiston kubogida yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi.
"Nasaf" Qarshida "Dinamo"ni qabul qiladi. "Navbahor" Olmaliqda mehmon bo‘ladi. PFL matbuot xizmati uchrashuvlarning boshlanish vaqtlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra ikki bellashuv bir vaqtda - 18:00da start oladi.




Fikrlar