
O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" super bellashuvda "Buxoro"ni mag‘lub etdi, argentinalik legionerdan debyut gol!
O‘zbekiston kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Buxoro" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 4:3 hisobida zafar quchdi.
Maydon egalari safida gollarga Davronov, Chaves, Lima Kruz va Amonov mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli Stanisavlevich, Ibrohimov va Norxonov nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, qarshiliklar chorak finalga yo‘l oldi. "Buxoro" esa 1/8 finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.
Fikrlar