
O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" va "Nasaf"ning finalda qanday rangli liboslarda harakat qilishi ma’lum
Ertaga O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi doirasida "Navbahor" va "Nasaf" jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Ushbu bahs oldidan O‘zPFL matbuot xizmati muhim ma’lumotni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, jamoalar finalda o‘zining an’anaviy libosidan foydalanadi. "Navbahor" ko‘k rangli formada harakat qilsa, "Nasaf" qizil liboslar ostida to‘p tepadi.
Final 30 oktyabr kuni 17:00 da start oladi.
Fikrlar