O‘zbekiston Kubogi. "Navbahor"ning "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinlardagi statistikasi qanday?

  • 5 avgust, 2024, 18:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" Jizzaxda “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ladi. 

Tecno

“Navbahor” O‘zbekiston Kubogini 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan hamda 1993 va 2022 yillarda final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahsda “Paxtakor” (0:3) hamda “Nasaf” (1:2) jamoalariga imkoniyatni boy bergan.

“So‘g‘diyona” esa hali billur sovrinni qo‘lga kiritmagan.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston Coca Cola Kubogi o‘yinlarida o‘zaro 3 marta kuch sinashgan.

2005 yilgi O‘zbekiston Kubogining 1/8 finali doirasida kechgan ikkita o‘yin yakuniga ko‘ra, namanganliklar 1/4 finalga yo‘l olishgandi. 

2022 yili esa ushbu klublar yarim finalda ro‘baro‘ kelgandi. Namangandagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning asosiy va 30 daqiqalik “over-taymlar”ida hisob ochilmadi. Natijada qoidaga ko‘ra, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi hamda unda “lochinlar” 3:1 hisobida zafar quchib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.           

2005 yil, 26 may

“So‘g‘diyona” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)

Jizzax. 3000 tomoshabin.

Gollar: Rasul Hayitov (42, 90+3-pen.) - Arif Mirzoev (73).

2005 yil, 4 iyun

“Navbahor” –  “So‘g‘diyona”  – 3:1 (2:1)

Namangan. 8000 tomoshabin.

Gollar: Islom Inomov (12), Tohir Madrahimov (41), Arif Mirzoev (56) - Zokir Berdiqulov (34).

2022 yil, 14 oktyabr

“Navbahor” – “So‘g‘diyona” – 0:0 (pen.seriyasi: 3:1) 

Oradan 2 yil o‘tgach, mazkur jamoalar O‘zbekiston Kubogining chorak finalida o‘zaro ro‘baro‘ kelishmoqda.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!