O‘zbekiston Kubogi. Prevyu. "Andijon" - "Nasaf"

  • 27 aprel, 2024, 11:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

28 aprel kuni O‘zbekiston Kubogi 3-tur doirasida “N” guruhidan o‘rin olgan “Andijon” hamda “Nasaf” jamoalari ishtirokidagi uchrashuv bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor.

Tecno

30 mart kuni ushbu klublar Superligada Andijonda kuch sinashishgan va unda 1:1 hisobi qayd etilgani hali yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Endi ular Kubok bahsida yana bir bor “Bobur arena”da to‘qnashishadi.

“Nasaf” klubi O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi sanaladi. Qarshiliklar nafaqat amaldagi sohibi, balki ketma-ket uch yildan beri Kubokni boshi uzra baland ko‘tarib kelishmoqda. Umumiy hisobda “Nasaf” O‘zbekiston Kubogini 4 marotaba yutgan.

“Andijon” hamda “Nasaf” O‘zbekiston Kubogida 6 marotaba uchrashishgan. Hozircha barcha o‘yinlarda qarshiliklarning qo‘li baland kelgan.  

O‘zbekiston Kubogi 2014

3-bosqich. Dastlabki uchrashuv

“Nasaf” – “Andijon” – 5:0.

Javob uchrashuvi

“Andijon” – “Nasaf” – 1:2.

2016 yil

1\4 final. Dastlabki uchrashuv

“Andijon” – “Nasaf” – 0:2

Javob uchrashuvi

“Nasaf” – “Andijon” – 2:1

2019 yil

1\8 final

“Nasaf” – “Andijon” – 3:0

2020 yil

1\8 final

“Andijon” – “Nasaf” – 0:1 (0:0, qo‘sh.v: 0:1)

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
29/04/2024 11:06
Насафга омад ёр булсин