O‘zbekiston Kubogi. "Turon" "Aral Samali"ni qiyinchiliksiz engdi, "Buxoro" - "Dinamo" bahsida penaltilar katta sahnaga chiqdi
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan "Turon" - "Aral Samali" va "Buxoro" - "Dinamo" uchrashuvlari o‘z yakuniga etdi.
Yaypanda mezbonlar 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan turnirni boshlaydigan bo‘ldi. Kim Boyong, Sinisha Babich va Oripxo‘ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan gollarga qoraqalpog‘istonliklar safidan Jamshid Gulmirzaev javob bera oldi, xolos.
G‘ijduvonda o‘tgan "Buxoro" - "Dinamo" bahsi esa tomonlarning 1:1 hisobidagi durangi bilan yakunlandi. Suxrob Ne’matov 82-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, hakam tomonidan o‘yin asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Timur Hakimov muvozanatni tikladi.

Fikrlar