O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi o‘yini uchun chiptalar qanchadan sotilmoqda?

  • 11 iyun, 2022, 10:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi – 2023 saralash bahslari doirasidan o‘rin olgan Shri-Lanka – Tailand, Maldiv orollari - O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar uchun chiqarilgan chiptalar Namangan shahar, “Chorsu”dagi yakka qabr oldi, “Sardoba”dagi “Megapolis” savdo majmuasi, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingoh, “Kamolot” bog‘i kassalarida sotilmoqda. Bu haqda "Navbahor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, chiptalar narxi 10.000 so‘m etib belgilangan va muxlislar bitta chipta xarid qilgan holda, har ikki bahsni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Chiptalar miqdori cheklangan. Mazkur o‘yinlar bugun soat 17:00 hamda 20:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!