
O‘zbekiston MTJ Falastindagi "Millennium" mehmonxonasiga joylashdi (Foto)
Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Falastinga qarshi o‘yin uchun safarga otlangani haqida ma’lum qilgandik.
O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, vakillarimiz Falastinga etib borib, Ramallahdagi "Millennium" mehmonxonasiga joylashishgan.
Ma’lumot o‘rnida, saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 5 sentyabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.
Terma jamoamiz bilan yo‘l olgan futbolchilar:
Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).
Himoyachilar: Egor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), Sharof Muxitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniev (“Nasaf”), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro‘ziev (“Qo‘qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).
Fikrlar