O‘zbekiston MTJ Falastinga qarshi uchrashuvda qaysi rangdagi libosda o‘ynashi ma’lum

  • 4 sentabr, 2019, 15:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, ertadan boshlab Osiyo yashil maydonlarida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.

Tecno

“D” guruhi 1-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Falastin bilan bahs yuritadi.

Bugun mazkur o‘yin oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. Unda uchrashuvning barcha tashkiliy jihatlari muhokama etildi. Qolaversa, jamoalar ertangi bahsni qanday liboslarda o‘tkazishlariga oydinlik kiritildi. Unga ko‘ra, ertaga Falastin terma jamoasi qizil rangdagi formada maydonga chiqadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa oq rangdagi sport liboslarida harakat qiladi. Bosh jamoamiz darvozaboni egnida esa yashil rangli forma bo‘ladi.

photo_2019-09-04_15-32-51

Ta’kidlash joiz, mazkur uchrashuv ertaga, 5 sentyabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!