
O‘zbekiston MTJda tarqalgan koronavirus, "Nasaf"dan tashqari yana bir klubimizga qo‘yilgan taqiq, OChLdagi muhim o‘zgarish va boshqalar - O‘tgan haftaning eng muhim voqeliklari (Video)
O‘tgan hafta futbol olamida bir qator voqeliklar ro‘y berdi. Biz ular orasidan o‘zbek va xorij futboliga oid eng muhim ma’lumotlarni taqdim etamiz.
1. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysiz shug‘ullanmoqda. Srechko Katanetsning Sloveniyadan BAAga uchish oldidan topshirgan testi musbat ko‘rsatdi. Shuningdek, terma jamoa a’zolarida koronavirus aniqlandi.
2. FIFA “Nasaf”dan keyin yana bir klubimizga transfer taqiqi qo‘lladi. Buning sababi yana o‘sha mavzu - legionerlarning pullari to‘lab berilmaganidir.
3. Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo chempionlar ligasiga oid kutilgan o‘zgarishni amalga oshirdi. Endi bu yilgi OChL 2023 yili tugaydi
4. “Stroitel-Zarafshon” oliy ligadagi ishtirokini davom ettira olmaydi. “Stroitel-Zarafshon” shartli ravishda oliy ligada qoldi. To‘xtang, jamoa oliy ligadan chiqarib yuboriladimi yoki chempionatdagi yurishini davom ettiradi? Quyida javob olamiz.
5. "Real" “el klasiko”lardagi 100-g‘alabasiga erishdi. Deyarli 3 yildan beri “qirollik klubi”ni taslim eta olmayotgan “Barselona” bu gal 20 ta zarba berib ham madridliklarni enga olamadi. Ammo Xavi qurayotgan yangi “Barselona” e’tirofga munosib. Superkubok “Real”ga nasib etdi.
1. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 yanvardan Dubayda yig‘in boshladi. Ertasiga, ya’ni 12 yanvar kuni O‘FA terma jamoadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha bayonot berdi.
Bugungi kunda yana tez suratlarda tarqalayotgan koronavirus infektsiyasi futbol olamiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasini ham virus bilan bog‘liq vaziyat chetlab o‘tmadi.
Xususan, terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets Dubaydagi yig‘inga Sloveniyadan etib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq bevosita ketish oldidan topshirilgan test musbat natijani keltirib chiqargan. Shu tariqa, sloveniyalik mutaxassis o‘z yurtida karantin o‘tashga majbur bo‘ldi. Unga qadar Katanetsning yordamchi murabbiylari yig‘inning boshlang‘ich qismida terma jamoani boshqarmoqda.
Shuningdek, jamoamiz Dubay shahriga etib borgach, delegatsiyaning barcha a’zolari test topshirgan. Natijalarga ko‘ra, Hojimat Erkinovda musbat javob qayd etilgan. Shu sababli u belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin o‘tadi. Oradan ikki-uch kun o‘tib, Erkinov qayta test topshirdi. Quvonarlisi, uning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi va futbolchining karantindan chiqishiga ruhsat berildi.
Hojimat Erkinov shifokorlar ko‘rigidan so‘ng 15 yanvardan boshlab yakka tartibda engil mashg‘ulotlarga kirishdi…
Davami >>>>>
2. Oldinroq FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Buxoro” futbol klubi va klubning sobiq futbolchisi turkmanistonlik Rahat Japarov o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqarib, klubga futbolchi oldidagi belgilangan qarzdorlikni to‘lash vazifasini yuklagan edi.
Dekabr oyida esa FIFA qaror asoslarini klubga yuborib, “Buxoro” futbol klubi zimmasidagi qarzdorlik to‘lovini belgilangan muddatda to‘lashi lozim ekanini yana bir bor ma’lum qildi. Agar oldindan belgilanganidek, qaror chiqqan sanadan boshlab 45 kun muddat ichida moliyaviy majburiyatlar bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi bildirilgan edi.
FIFA mazkur qaror ijrosi ta’minlanmagani bois “Buxoro” futbol klubi uchun transfer taqiqini kuchga kiritdi. Endilikda “Buxoro” Rahat Japarov bilan bog‘liq nizoli vaziyatni hal etgachgina yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi…
Davami >>>>>
3. Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar ligasi mavsumining kuz-bahor tizimiga o‘tganini rasman e’lon qildi. Shu kungacha musobaqa bahor-kuz tizimida o‘tkazilayotgandi. Bu keyingi yildan amalga oshadi. Joriy mavsum esa 2022 yilning mart oyida boshlanib, 2023 yilning fevralida tugaydi. Ya’ni G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi o‘yinlari 7-27 aprel kunlari markazlashgan holda bo‘lib o‘tadi. Nimchorak, chorak, yarim va final bahslari esa 2023 yil fevral oyida o‘tkaziladi.
17 yanvar kuni OFK qarorgohida OChL yangi mavsumiga qur’a tashlandi. Yurtimiz nomidan qatanashadigan jamoalar raqiblarini bilib olishdi.
Unga ko‘ra "Paxtakor" "D" guruhidan o‘rin oldi. Ushbu kvartetda "Al-Duhail", "Sepaxon" hamda "Al-Taavun" va "Al-Jaish" klublari bahsi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
“Nasaf” 15 mart kuni BAAda o‘tkaziladigan uchrashuvda g‘alaba qozongan taqdirda "E" guruhiga joylashadi.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlariga mazkur guruhda "Al-Sadd", "Al-Faysali" hamda "Al-Vahda" jamoalari raqiblik qiladi.
Davami >>>>>
4. 12 yanvar kuni PFL “Stroitel-Zarafshon” Oliy ligadagi ishtirokini davom ettira olmaydi, sarlavha ostida ma’lumot tarqatdi. Avval keling ushbu xabar bilan tanishib olaylik.
- Futzal bo‘yicha oliy liga bahslarining 2021/22 yilgi mavsumi davom etmoqda. Unda qatnashayotgan “Stroitel-Zarafshon” klubi PFLga rasmiy xat chiqarib, jamoa futzal bo‘yicha mamlakat chempionati va kubogining 2022 yilgi uchrashuvlarida ishtirok eta olmasligini bildirdi. Bunga jamoaning moliyaviy jihatdan og‘ir ahvolda qolgani sabab bo‘lmoqda, - deyiladi dastlabki xabardi.
Shuning kunning o‘zida tashkilot ikkinchi ma’lumotni ommaga e’lon qqildi. Unga ko‘ra “Stroitel-Zarafshon” shartli ravishda Oliy ligada qolarkan.
- “Stroitel-Zarafshon” klubining moliyaviy qiyinchiliklar sabab futzal bo‘yicha oliy liga bahslaridagi ishtirokini davom ettira olmasligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.
“Stroitel-Zarafshon” klubi moliyaviy muammolarga echim topilayotgani sababli PFLga 2022 yilning 10 yanvar sanasida mavsumning 2-qismida qatnasha olmasligi to‘g‘risida yuborilgan xatini bekor qilishni so‘rab murojaat qildi…
Davami >>>>>
5. Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi mamlakat Superkubogi bahslarini Saudiya Arabistonida o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Tomonlar o‘tgan yili bu bitimni 3 yilga uzaytirgandi. Yangi kelishuvga ko‘ra Ispaniya superkubogiga 2029 yilgacha Saudiya mezbonlik qiladi. Ushbu muddat ichida Ispaniya futbol federatsiyasi 240-320 mln evro miqdorida pulga ega bo‘ladi.
Reglamentga ko‘ra, Superkubok 2 ta yarim final va finaldan iborat ekanligi belgilangan. Yarim finalda mamlakat chempioni kubok finalchisiga qarshi, kubok sohibi La Ligada 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan to‘qnash keladi. Shu tariqa, yarim finalda «Barselona» va «Real», «Atletiko» va «Atletik» ishtirokidagi bahslar kuzatildi.
Superkubokning dastlabki yarim finalida “el klasiko” shohidiga aylandik. Gollarga boy o‘tgan “Barselona” va “Real” to‘qnashuvining asosiy vaqtida durang qayd etildi. Dastlab Vinisius Junior madridliklarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Keyin esa kataloniyaliklardan Lyuk de Yong muvozanatni tikladi.
Ikkinchi taymda Karim Benzemaning goliga Ansu Fati javob qqaytardi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida Valverde kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol etib, jamoasini finalga olib chiqdi…
Davami >>>>>
Fikrlar