O‘zbekiston Pro-ligasi. "Andijon" o‘z maydonida "Buxoro"ni mag‘lub etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pro-liga 21-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Buxoro" bahsi yakuniga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Mezbonlar safida Milich va Erkinov gol muallifiga aylangan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Ismoilov nomiga qayd etildi. 

Shu tariqa, andijonliklar hisobidagi ochkolari sonini 47 taga etkazib qo‘ydi. Ayni vaqtda ular 1-o‘rinni band etgan. 37 ochkosi bor "Buxoro" "A" jadvalda 3-pog‘onada bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!