
O‘zbekiston sport va jangovar sambo terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshladi
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent viloyatining tog‘li “Chorvoq” hududida sport va jangovar sambo terma jamoalari uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilmoqda. Mazkur yig‘in 7 avgustdan start oldi va katta murabbiy Roman Shakirov, Jahongir Qoraboev hamda qizlar murabbiyi Ekaterina Bliznetsova boshchiligida 21 avgustga qadar davom etadi. Bu tayyorgarlik bosqichida bir qator taniqli sambo ustalari ham ishtirok etmoqda. Jumladan, jahon chempionlari Istam Qudratov, Hakim Ismoilov, Zafar Xudoyberganov, Furqat Ro‘ziev, Davlat Hamraev, Ne’mat Yoqubov, Hojiakbar Yuldashevni ta’kidlab o‘tish lozim.
Murabbiy Jahongir Qoraboevning saytimizga ma’lum qilishicha, mazkur yig‘in bevosita O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi rahbari Alisher Alimov tashabbusi bilan tashkil qilingan bo‘lib, ushbu o‘quv-mashg‘ulot jarayoni terma jamoa a’zolarining jimoniy holatini bir maromda ushlab turish va oldinda kutilayotgan turnirlarga yaxshi hozirlik ko‘rish uchun xizmat qiladi.
Fikrlar