O‘zbekiston terma jamoasi Argentina, Ispaniya va Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

  • 5 avgust, 2021, 18:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Litvada o‘tadigan 2021 yilgi Jahon chempionatiga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi uchun 6-13 avgust kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.

Shundan so‘ng, futzalchilarimiz 14 avgust sanasida Toshkent-Istanbul-Madrid havo reysi orqali Ispaniyada o‘tadigan xorijiy yig‘inga yo‘l oladi. Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Madrid va Malaga shaharlarida Ispaniya va Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Rejaga ko‘ra, vakillarimiz mashg‘ulotlarni 25-31 avgust kunlari Portugaliyada davom ettiradi va yig‘in mobaynida Portugaliya, Kosta-Rika va Angola futzal terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Futzalchilarimiz Portu shahridagi yig‘inni yakunlab, 31 avgust kuni Litva poytaxti Vilnyus shahriga yo‘l oladi. Shuningdek, 6 sentyabr sanasida O‘zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionati mezbonlari hisoblangan Litva bilan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari:

15 avgust

Ispaniya – O‘zbekiston

19 avgust

Ispaniya – O‘zbekiston

21 avgust

Argentina – O‘zbekiston

26 avgust

Kosta-Rika – O‘zbekiston

27 avgust

Portugaliya – O‘zbekiston

29 avgust

Angola – O‘zbekiston

6 sentyabr

Litva – O‘zbekiston

Murabbiylar shtabi mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun 16 nafar futzalchini jalb etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сардор Абдуллаев
06/08/2021 02:59
Терма жамоамизга хали хам тренер топлиади ми Андрей Шевченко Яна Бир вариант...
&
Турсун Ғани
06/08/2021 00:28
Футбол МТЖ чи янгилик йўқми. Ўликми ҳали. Уйғотинглар зборнийри ҳамщ